27-avgust kuni qanday ob-havo kutiladi?

Respublika Gidrometerologiya markazi 27-avgust kuni kutiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Toshkent shahri.
Havo o‘zgarib turadi, kunning birinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-17°, kunduzi 25-27° bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm. 
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 28-33° bo‘ladi.

Реклама на Unews

Buxoro va Navoiy. 
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo. 
Havo o‘zgarib turadi, kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.

Samarqand, Jizzax. 
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.

Реклама на Unews

Qashqadaryo va Surxondaryo. 
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona. 
Havo o‘zgarib turadi, kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. 
Havo o‘zgarib turadi, respublikaning tog‘ oldi va tog‘ hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14°, kunduzi 15-20° bo‘ladi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring