+206. O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirganlar 15 ming nafarga yaqinlashdi

2020 yil 16 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 14787 (+206) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri. 

Yangi kasallanish holatlarining 53 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 101 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 35 nafari Surxondaryo viloyatida, 17 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 8655 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.

Реклама на Unews

Hozirda mamlakatimizda 6060 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 60 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring