203 nafar o`zbekistonlik Rossiyaga ishga jo`natildi

Rossiyaning Blagoveshensk viloyatidagi qurilish ob`ektlarida ishlash uchun 203 nafar yurtdoshimiz charter reys orqali jo`nab ketdi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ma`lum qildi.

Aytilishicha, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tomonidan aholi bandligini ta`minlash, ayniqsa, xorijiy mamlakatlardagi vaqtincha ishsiz qolgan yurtdoshlarimizni va karantin cheklovlari sababli chet elga ishga ketolmagan fuqarolarni xorijga ishga jalb qilishga alohida e`tibor qaratilmoqda.

Buning natijasida rossiyalik ish beruvchilar va mas`ul tashkilotlar bilan kelishgan holda ko`plab fuqarolarimiz Rossiya Federasiyasiga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuborilmoqda.

Реклама на Unews

Fuqarolarning transport, ovqatlanish, ishlash uchun ruxsat beruvchi patent va yashash xarajatlari, agarda ishchida kasallik aniqlansa, uning davolanishi ish beruvchi kompaniyalar tomonidan ta`minlanishi belgilangan.

Jo`nab ketganlar 14 kunlik karantindan so`ng belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda qurilish ob`ektlarida ish boshlaydi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring