2021 yilda necha marta Quyosh va Oy tutilishi aytildi

2021 yilda ikki marta Quyosh va ikki marta Oy tutilishi yuz beradi. Bu haqda Irkutsk davlat universiteti Astronomiya observatoriyasi direktori Sergey Yazev jurnalistlarga ma’lum qildi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

"2021 yilda to‘rtta tutilish bo‘ladi: ikki marta Quyosh va ikki bor Oy tutiladi. 26 mayda Oy to‘liq tutiladi. 4 dekabr kuni esa Quyoshning to‘liq tutilishi yuz beradi. U Antarktika mintaqasida sodir bo‘ladi. 10 iyun kuni halqa shaklida quyosh tutilishini kuzatish mumkin bo‘ladi. Oyning qisman tutilishi 19 noyabr kuni kuzatiladi", dedi Yazev.

Yazevning ta’kidlashicha, Oy Quyoshni butunlay yashirolmaydi, shuning uchun uning qirralari yorqin porlaydi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring