2020-yilning eng yaxshi serial va filmlari e’lon qilindi

Amerikaning «Critics Choice Association» kinotanqidchilar assotsiatsiyasi 2020-yilning eng yaxshi filmlari va seriallarini aniqlab berdi. Ro‘yxat tashkilot veb-saytida e’lon qilingan, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Spayk Lining «Qoni bir beshovlon» harbiy kartinasi eng yaxshi jangovar film deb topildi. Filmdagi bosh rollardan birini ijro etgan aktyor Delroy Lindo «Jangovar filmdagi eng yaxshi artist» unvoniga sazovor bo‘ldi. Kreyg Zobelning «Ov» filmida suratga tushgan Betti Gilpin ekshen-filmdagi eng yaxshi aktrisaga aylandi.

Tanqidchilar Disneyning «Ruh»ini yilning eng yaxshi multfilmi deb topdi. Animatsion filmni yaratishda ishtirok etgan aktyorlar Jeymi Foks va Tina Feylar esa «Eng yaxshi ovoz aktyorlari» deya tan olindi.

Реклама на Unews

Li Uonnellning «Ko‘rinmas odam» kartinasi eng yaxshi dahshatli film, Maks Barbakovning «Palm Springsda qolib ketish» filmi esa eng yaxshi ilmiy fantastik film degan nomga musharraf bo‘ldi.

2020-yilda asosiy ekshen-serial nomi «Vikinglar» shousiga berildi. «BoJekning oti» eng yaxshi animatsion multserial deb tan olindi. Superqahramon teleloyihasi esa «Bolalar»ga nasib etdi. «Mandaloriyalik» seriali «Eng yaxshi ilmiy fantastika», «Lavkraft diyori» esa eng yaxshi televizion qo‘rqinchli film deb topildi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring