"10 sentyabrdan O`zbekistonga nam va salqin havo kirib keladi". "O`zgidromet" shoshilinch axborot e`lon qildi

 "O`zgidromet" shoshilinch axborot e`lon qildi. Unga ko`ra, joriy yilning 10-12 sentyabr kunlari O`zbekiston hududiga Volga bo`yi hududlaridan biroz nam va salqin havo kirib keladi.

10-12 sentyabrda respublika hududi bo`yicha ba`zi joylarda shamol 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatilishi kutilmoqda.

 

11 sentyabrda Surxondaryo viloyatida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida shamolning kuchayishi ba`zi joylarda 20-23 m/s ga etishi mumkin.

Реклама на Unews

11 sentyabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida, 12 sentyabrda Farg`ona vodiysi viloyatlarida biroz yomg`ir yog`adi. Respublikaning tog`li hududlarida yomg`ir yog`adi, baland tog`larda (2500 m dan yuqori) yomg`ir qorga aylanishi mumkin.

11-12 sentyabrda respublika hududining katta qismida havo harorati kechalari 10-13° gacha, kunduz kunlari 25-28° gacha pasayadi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring