1 oktyabrdan boshlab elektromobillarga alohida farqlovchi ro`yxatdan o`tkazish davlat raqami belgilari beriladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 fevraldagi PF-6155-son Farmoniga muvofiq hamda avtomobil transporti sohasida energiya tejamkorligiga erishish, ekologik xavfsizlikni tubdan yaxshilash, elektr quvvati bilan harakatlanadigan transport vositalaridan foydalanishni ommalashtirish maqsadida, joriy yilning 12 avgust kuni “O`zbekiston Respublikasida elektr quvvati bilan harakatlanadigan avtomototransport vositalaridan foydalanishni ommalashtirishga hamda yo`l harakati xavfsizligi sohasidagi tartib-taomillarni soddalashtirishga doir chora-tadbirlar to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 513-sonli Qarori qabul qilindi.

Qarorda, notariuslar tomonidan avtotransport vositasini boshqa shaxsga berish to`g`risidagi shartnomani rasmiylashtirish davomida murojaat qiluvchi taraflar tomonidan avtomototransport vositasi agregatlar raqamlarining ro`yxatdan o`tkazish raqamlariga muvofiqligi yuzasidan ko`zdan kechirilishi va bu haqda shartnomada aks ettirilishi;

Endilikda avtomototransport vositasini agregat raqamlarini hujjatlariga mosligini tekshirtirish uchun DYHXXga borish shart bo`lmaydi (TRADE-IN shartnomasi bundan mustasno), notarial idoraning o`zida avtomototransport vositasini “yagona darcha” tamoyili asosida oldi-sotdi, hadya va h.k. shartnomalarini amalga oshirilishi mumkin.

Реклама на Unews

Notariuslar tomonidan avtotransport vositasini boshqa shaxsga berish to`g`risidagi shartnomalar bilan bog`liq ma`lumotlar DYHXX ning elektron ma`lumotlar bazasiga “yagona darcha” tamoyili asosida avtomatik yuborilishi belgilandi.

Shuningdek, mazkur qaror bilan 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab elektr quvvati bilan harakatlanadigan elektr dvigatelning quvvati 4 KvT va undan ortiq yoki soatiga 40 km va undan yuqori tezlikka ega bo`lgan avtomototransport vositalari, ya`ni elektromobillarga alohida farqlovchi ro`yxatdan o`tkazish davlat raqami belgilari joriy etiladi.

2021 yil 1 noyabrga qadar elektromobillar uchun rasmiylashtirilgan ro`yxatdan o`tkazish davlat raqami belgilari qonunchilik hujjatlarida belgilangan to`lov va yig`imalar undirilmasdan almashtirilishi, bunda to`lov stavkasidagi ro`yxatdan o`tkazish davlat raqami belgilari mos ravishda elektromobillar uchun alohida farqlovchi ro`yxatdan o`tkazish davlat raqami belgilariga almashtiriladi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring