1 noyabr kuni Samarqand shahrining markaziy ko`chalarida transport vositalarining harakati 6 soat cheklanadi

Samarqand viloyati hokimining 2020 yil 23 oktyabrdagi 06-01/1365-sonli, chora-tadbirlar rejasi hamda shahar hokimining farmoyishiga asosan, joriy yilning 1 noyabr kuni Samarqand shahrida “Xalqaro xayriya marofoni” shiori ostida Samarkand Half Marathon (yarimmarafon) o`tkazilishi munosabati bilan shu kuni 07:00 dan 13:00 ga qadar Samarqand shahrining quyidagi ko`chalarida transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi:

– Registon ko`chasida joylashgan non bozorchasi oldidan Dahbed ko`chasigacha bo`lgan qismida;

– Qo`shhovuz ko`chasini Chorraha ko`chasi bilan tutashmasidan Islom Karimov ko`chasigacha bo`lgan  qismida;

Реклама на Unews

– Imom Al Buxoriy ko`chasini “Siyob” dehqon bozori Shohi Zinda ko`chasigacha bo`lgan  qismida;

– ؘMaroqand ko`chasini Imom Al Buxoriy ko`chasi bilan kesishgan chorrahasidan Ibn Sino ko`chasigacha bo`lgan  qismida;

– Vohid Abdullaev ko`chasini Ibn Sino ko`chasi bilan tutashmasidan Hazrati Xizr masjidigacha bo`lgan qismida;

Реклама на Unews

– Islom Karimov ko`chasini Hazrati Xizr masjididan Shohi Zinda ko`chasigacha bo`lgan qismida;

– Shohi Zinda ko`chasini “Siyob” dehqon bozoridan Mirzo Ulug`bek rasadxonasigacha bo`lgan qismida.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring