1 gektar yerni rasmiylashtirib berish uchun 160 ming dollar talab qilgan shaxs qo‘lga olindi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Xojikent qishlog‘idagi 1 gektar yer maydonini tuman hokimligidagi tanishlari orqali mahalliy fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 160 ming dollar talab qilgan shaxs qo‘lga olingan. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanali orqali ma’lum qilindi, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.

Ma’lumotlarga ko‘ra, muqaddam to‘rt marotaba sudlangan shaxs kelishilgan pulning 80 ming dollarini olayotgan vaqtda DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ushlangan.

Ushbu bir gektar yer maydoni 80 ming dollarni olish uchun firibgar shaxs bilan birga kelgan uning ikki nafar qarindoshi nomiga 2007 yilda dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish uchun rasmiylashtirib berilganligi aniqlangan.

Avvalroq Toshkent viloyatida 60 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan tuman hokimi o‘rinbosari qo‘lga olingani, Yunusobod tumani hokimining qurilish ishlari bo‘yicha o‘rinbosari 5 ming dollar pora bilan qo‘lga tushgani, shuningdek, Chilonzor tuman hokimligi bo‘lim boshlig‘i 50 ming dollar pora bilan ushlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring