Manba: Xitoy koronavirusni to‘xtata oladigan dori ishlab chiqarmoqda

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Xitoy laboratoriyasi olimlari antitanachalarga asoslangan yangi koronavirusga qarshi dorini ishlab chiqmoqdalar. Ularning fikriga ko‘ra, dori koronavirus infeksiyasining pandemiyasini to‘xtata oladi. Bu haqda "qalampir.uz" yozmoqda,  deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Tadqiqotchilar, ishlab chiqilayotgan dori nafaqat tiklanish vaqtini qisqartirishi, balki qisqa muddatli immunitet bilan ta’minlashi mumkinligini taxmin qilishmoqda.

Pekin universiteti Genomikaning ilg‘or innovasiyalar markazi direktori Sanni Sening so‘zlariga ko‘ra, uning jamoasi 60 nafar davolangan bemorlarning qonidan ajratilgan neytrallashtiruvchi antitanachalardan foydalanadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir ushbu preparat hayvonlarda sinovdan muvaffaqiyatli o‘tmoqda.

Реклама на Unews

“Biz zararlangan sichqonlarga neytrallashuvchi antitanachalarni qo‘llaganimizda, besh kundan keyin organizmdagi virus 2,5 ming marta kamaydi”, deydi Sanni Se.

Olimning ta’kidlashicha, preparatning klinik sinovlari Avstraliya va boshqa mamlakatlarda o‘tkaziladi. U joriy yilda foydalanishga tayyor bo‘lishi mumkin.

“Umid qilamizki, ushbu zararsizlantiruvchi antitanachalar pandemiyani to‘xtata oladigan dori bo‘ladi“, deydi Se.

Реклама на Unews

O‘zbekistonda bojxona boji va aksiz solig‘ini to‘lash muddati kechiktiriladi

Moskvada sudyalar ham koronavirusga chalinmoqda

Toshkent shahar hokimligi elektr bo‘yicha poytaxt aholisiga murojaat qildi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий