Putin Nobel tinchlik mukofotiga nomzod etib koʻrsatildi

Nobel tinchlik mukofoti - Alfred Nobel fondi tomonidan har yil topshiriladigan nufuzli 5ta mukofotlardan biri boʻlib, dunyoda tinchlikni mustahkamlash uchun qoʻshgan hissasi uchun beriladi.

  Rossiya prezidenti Vladimir Putin Nobel tinchlik mukofotiga nomzod etib koʻrsatildi, RIA novosti xabariga asosan, deb yozmoqda "Sputnik.uz" nashri.

Ushbu tashabbus Rossiyalik jurnalist va yozuvchi Sergey Komkov tomonidan amalga oshirilgan. Komkov Putin nomzodini 2021 yil nobel tinchlik mukofotiga nomzod sifatida rasmiy arizani 10 sentyabr kuni Oslo shahriga yuborgan. 

Maʼlumot uchun, Rossiya prezidentini birinchi marotaba ushbu mukofotga nomzod etib koʻrsatilayotgani yoʻq. 2013 yilda ham Vladimir Putin Dunyo xalqlari birligi akademiyasi prezidenti tomonidan ushbu mukofotga nomzod etib koʻrsatilgan edi. 

Реклама на Unews

Nobel tinchlik mukofoti - Alfred Nobel fondi tomonidan har yil topshiriladigan nufuzli 5ta mukofotlardan biri boʻlib, dunyoda tinchlikni mustahkamlash uchun qoʻshgan hissasi uchun beriladi.

Turli yillarda ushbu mukofotga Barak Obama, Albert Gor, Kofi Anan, Kim De Jun, Nelson Mandella, Mixail Gorbachev va boshqalar munosib deb topilgan. 

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring