Zoyir Mirzaev Toshkent viloyatining hokimi etib tasdiqlandi

Avval xabar qilganimizdek, ayni paytda Toshkent viloyati hokimligida Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida o`tkazilayotgan yig`ilishda kengash deputatlari tomonidan viloyat hokimini tayinlash masalasi ovozga qo`yildi. 

 

Ovozga qo`yish natijalariga ko`ra, Zoyir Mirzaev Toshkent viloyatining hokimi etib tasdiqlandi.  

Sessiya yakunida Prezidentimiz xalq vakillari tomonidan yuksak ishonch bildirilgan Zoyir Mirzaev endi o`z faoliyatida adolat, sadoqat, halollik, mas`uliyat, fidoyilik kabi xislatlarni namoyon etib, Toshkent viloyati ahliga astoydil xizmat qilishi lozimligini ta`kidladi.

Реклама на Unews

Bunda, eng avvalo, xalqning dardini eshitish va muammolarini hal etish, inson qadrini ulug`lash va aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish bo`yicha ishlarni amalga oshirishi zarurligi qayd etildi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring