Zoologlar ko‘rsichqon va tulkilarning Sardoba to‘g‘onining yemirilishiga ta’sirini o‘rgandi

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti zoolog mutaxassislari yovvoyi kemiruvchilar va boshqa hayvonlar faoliyatining Sardoba suv ombori to‘g‘oni holatiga ta’sirini aniqlash bo‘yicha Sirdaryoda safarda bo‘ldi. Bu haqda Fanlar akademiyasi matbuot xizmati xabar berdi,  deb yozmoqda  "Daryo.uz" nashri.

Ta’kidlanishicha, ish jarayonida guruh tomonidan to‘g‘on yonbag‘rining 7 bo‘limi, to‘g‘onning yuqori qismidan esa 31-piketdan 197-piketgacha tekshiruvlar o‘tkazilgan. Bu hududlarda ochilib qolgan loy uyumlari va cho‘kmalar kuzatilgan. Tekshiruvlar muhandis E.Qayumov ishtirokida o‘tkazildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, to‘g‘on yonbag‘rining 3 bo‘limida oddiy ko‘rsichqonning ochilib qolgan in yo‘llari, to‘g‘onning yuqori qismida esa Tamarisk qumsichqonining inlari qayd etilgan. Nishablik bo‘limlardan birining asosida tulki ini topilgan.

Реклама на Unews

“Olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, bu kemiruvchilar hamda tulkilar ko‘p sonda emas va to‘g‘onning yaxlitligiga jiddiy ta’sir ko‘rsata olmaydi. Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti mutaxassislari ushbu masala yuzasidan zarur tavsiyalar berdi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq internetda Sardoba suv ombori fojiasiga laqqa baliqlar sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin ekani to‘g‘risida xabar tarqalgandi, biroq bu versiya yuzasidan dalillar taqdim etilmagani bois u ko‘pchilik tomonidan jiddiy qabul qilinmadi, tegishli tuzilmalar tomonidan rasmiy munosabat ham bildirilmadi.

Eslatib o‘tamiz, 1-may kuni soat 05:55 da Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv ombori to‘g‘onining 6-piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgandi. Bosh prokuratura Sardoba falokati yuzasidan jinoyat ishi bo‘yicha 4 ta tergov versiyasini ko‘rib chiqmoqda. Hozirda suv ombori ishi bo‘yicha ikki kishi qamoqqa olingan.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring