Ziroat Mirziyoyeva raisligidagi fond eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun dasturini boshladi

“Zamin” fondi ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari uchun koxlear implantatsiya (jarrohlik yo‘li bilan elektron protez o‘rnatish) dasturini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda fondning rasmiy sahifasida xabar berildi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri  

Endilikda bu muolaja har yili 30 nafar bolaga qo‘llaniladi. Ayni kunlarda Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida tashxis jarayoni boshlanib, dastlabki 10 nafar o‘quvchi saralab olinmoqda.

Реклама на Unews

Tekshiruvlar audiolog, psixonevrolog, surdopedagog, otolaringolog, psixiatr va boshqa mutaxassislardan iborat guruh tomonidan amalga oshiriladi. Bolalarning yoshi, eshitish moslamasidan foydalanish tajribasi va postlingval asoratlar inobatga olinadi.

Saralab olingan bolalar maxsus tayyorgarlik, jarrohlik amaliyoti va reabilitatsiya bosqichlaridan o‘tadilar.

Реклама на Unews

Avvalroq, “Zamin” fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva muntazam ravishda o‘quvchilarning eshitish qobiliyatini tiklash ustida ish olib borilishini ma’lum qilgan edi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring