Zelenskiy: Xersonning o‘qqa tutilishi — mag‘lub bo‘lganlarning qasosi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy kechki videomurojaatida Rossiyaning raketa zarbalari natijasida Xersondagi vayronagarchilik haqida fikr bildirdi.

"Deyarli har soatda men bosqinchilarning Xerson va mintaqadagi boshqa hududlarga hujumi haqida eshitayapman. Bu terror rus armiyasi Xersondan chekinishga majbur bo‘lganidan so‘ng darhol boshlandi. Bu — mag‘lub bo‘lganlarning qasosi. Ular jang qilishni bilishmaydi. Ular qila oladigan yagona narsa — bu yo energetika terrori, yo artilleriya, yoki raketa terrori xolos”, — deb ta’kidladi Zelenskiy.

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring