Zelenskiy xalqni qo‘llab-quvvatlash uchun koronavirus yuqtirmoqchi bo‘lganligini aytdi

"Odamlarga oson bo‘lishi uchun ushbu bosqichni o‘zimda sinab ko‘rishni istagandim. Tushkunlikka tushgan paytimizda to‘plandik. Men "Kelinglar, men kasallik yuqtiraman, meni izolyatsiya qilamiz", dedim, - dedi u "Ukrainskaya pravda"ga bergan intervyusida, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.

"Odamlar bu qo‘rqinchli ekanligini, kasallikka chalinish mumkinligini tushunishlari uchun. Buni o‘zimda o‘tkazmoqchi edim. Ammo ular bu vabo emasligini tushunib yetishlari uchun. Tushkunlikka tushmasliklari uchun. Dastlab judayam qo‘rqinchli bo‘lgandi, odamlar hammamiz o‘lib ketamiz deb o‘ylagandi", -deya qayd etdi u.

Zelenskiy bu "judayam ortiqcha" ekanligi uchun ushbu g‘oyadan voz kechishganini aytdi.
"Bu murakkab emasdi. Ammo meni oilam kechirmasdi. Umuman olganda, ular haq bo‘lardi", - deb qo‘shib qo‘ydi u.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Ukrainada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 27856ta holat qayd etilgan, 810 kishi vafot etgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring