Zaxarova Qorabog‘ mojarosini hal qilishning muqobili yo‘qligini aytdi. Rossiya qanday taklif bermoqda?

Tog‘li Qorabog‘ mojaro zonasida joriy yilning 27 sentyabridan beri davom etayotgan eskalatsiya xavfi Moskvani jiddiy tashvishga solmoqda. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova bayonotida aytiladi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

“Zarbalar almashinuvi natijasida harbiy va fuqarolik infratuzilmasi sezilarli darajada vayron bo‘lgan, har ikki tomonda, shu jumladan tinch aholi orasida ko‘plab qurbonlar bor. Biz tomonlarni maksimal darajada tiyilishga va qon to‘kilishiga chek qo‘yishga chaqiramiz. Biz qurbonlar va jarohatlanganlarning oilalari hamda do‘stlariga hamdardlik bildiramiz”, deydi Mariya Zaxarova.

Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida keskinlik avj olgandan keyin Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ikki mamlakat Tashqi ishlar vazirlari bilan telefon orqali muloqot qilib, ularni muzokaralar stoliga qaytishga chaqirgan edi. Prezident Vladimir Putin esa Nikol Pashinyan bilan muloqot qilib, masalani tinch yo‘l bilan hal etishni tavsiya qildi. Bu orada Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev asosiy kuch va dastakni Turkiya Respublikasidan olayotgani ma’lum bo‘ldi. Shu kuni Turkiya va Ozarbayjon Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar va Erdo‘g‘an turk xalqi va davlati Ozarbayjonni bor imkoniyati bilan qo‘llab-quvvatlashini eslatdi

Реклама на Unews

Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi Tog‘li Qorabog‘ mojaroli zonasidagi vaziyat ko‘p jihatdan Rossiyaga bog‘liq. Rossiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi, shuningdek Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Minsk guruhining hamraisi. Kecha, 1 oktyabr kuni guruh hamraislari – AQSH, Rossiya va Fransiya Tog‘li Qorabog‘ masalasida qo‘shma bayonot e’lon qildilar. Ammo Ozarbayjonning endi ushbu guruhning tartib-taomillariga rioya qilmasligi Erdo‘g‘anning so‘zidan ayon bo‘ldi.  

Ta’kidlanishicha, Rossiya Federatsiyasini Ozarbayjon va Armaniston bilan ko‘p qirrali do‘stlik aloqalarini bog‘laydi. Rossiyada ko‘plab arman va ozar millatiga mansab fuqarolar istiqomat qiladi. “Biz mintaqada sodir bo‘layotgan narsalarga befarqlikdan yiroqmiz”, deydi Zaxarova. 

U so‘zida davom etarkan, Tog‘li Qorabog‘ mojarosini tinch yo‘l bilan hal qilishdan boshqa muqobili yo‘qligiga aminligini aytadi. Ta’kidlanishicha, mintaqaviy muammolarni hal qilish faqat siyosiy va diplomatik yo‘nalishda bo‘ladi. 

Реклама на Unews

“Rossiya YeXHTning Minsk guruhi doirasida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish va tinchlik jarayonini tiklashga qaratilgan muzokaralarni boshlashga har tomonlama harakat qilmoqda.  Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan 27 va 29 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tgan telefon suhbatlarida vaziyatni muhokama qildi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov armanistonlik va ozarbayjonlik hamkasblari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi. Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li bilan ham telefon orqali suhbat bo‘lib o‘tdi”, deydi Zaxarova. 

Tashqi ishlar vazirligi spikeri so‘zini davom ettirib, ayni vaqtda Ozarbayjon yoki Armanistonning o‘t ochishini qo‘llab-quvvatlayotgan taraflarning mas’uliyatsizlik bilan berayotgan bayonotlarini Rossiya tarafi samarasiz deb hisoblashini aytdi. 

"Davom etayotgan qon to‘kilishini darhol to‘xtatish kerak. Ushbu dramatik voqealar fonida biz uchinchi tomonlarning Kavkaz ortidagi vaziyatni beqarorlashtirishi, keyinchalik kutilmagan oqibatlarga olib kelishi, keskinlashuvni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan har qanday jiddiy bayonotlari va harakatlarini samarasiz hamda mas’uliyatsiz deb hisoblaymiz”, deydi Zaxarova. 

Rasmiy Bakuga ko‘ra, Armaniston Qurolli Kuchlari kecha, 27 sentyabr kuni soat 06:00 dan boshlab Ozarbayjonga qarshi keng ko‘lamli provokatsiyalarni amalga oshirdi, butun front bo‘ylab Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini, shuningdek, oldingi chiziq zonasida joylashgan aholi punktlarini o‘qqa tutdi. Unda mingga yaqin harbiylar va tinch aholi vakillari halok bo‘lgan.

Armaniston hujum Ozarbayjon qurolli kuchlari tomonidan boshlanganini aytmoqda. Ozarbayjon esa qurolli to‘qnashuvga nisbatan javob hujumlari boshlaganini rasman e’lon qilib, Armaniston chegarasidagi tinch aholi vakillarini chegara hududlaridan chetga chiqishlarini so‘radi.

Holat bo‘yicha Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev xalqqa murojaat bilan chiqib, to‘qnashuv Ozarbayjonning provokatsiyasi emasligini aytdi.

Nikol Pashinyan esa mamlakatda harbiy holat va umumiy safarbarlik e’lon qildi.  Buning ortidan Ilhom Aliyev mamlakatda harbiy holat va komendantlik soati e’lon qilish haqidagi farmonga imzo chekdi. Shuningdek, Aliyev 28 sentyabr kuni qisman safarbarlik e’lon qilish haqidagi hujjatni imzoladi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring