BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Zaruratsiz xorijga chiqishdan tiyilib turish tavsiya qilindi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi dunyoda kuzatilayotgan epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, zarurat bo‘lmasa chetga bormay turishni tavsiya qildi,  deb yozmoqda  "Zamin.uz" nashri.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov dunyo davlatlari toifalarga bo‘linib, aviaqatnovlar tiklanishi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

«Hozirgi kunda Transport vazirligi bilan xamkorlikda xorijiy davlatlardagi epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda davlatlarni «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish va bosqichma-bosqich aviaqatnovlarni tiklash borasida o‘rganib chiqib takliflar tayyorlanmoqda, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan yakuniy xulosalar qilinadi. Bu to‘g‘risida qo‘shimcha axborot beriladi.

Shuningdek, davlatlarning epidemiyaga qarshi tadbirlarni darajasi hamda fuqarolarning himoyalanish choralariga e’tibor qaratiladi.
Umuman, bugun dunyoda kuzatilayotgan epidemiologik vaziyatdan kelib chiqadigan bo‘lsak, zaruriyat bo‘lmasa chetga bormay turish ma’qul bo‘ladi», dedi Botir Qurbonov.

Brifingda 15 iyundan karantin tadbirlari to‘liq tugashi ehtimoli haqidagi savolga ham javob berildi.

«Karantin tadbirlari tugatilishi yoki bir muddat cho‘zilishi bu koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemik vaziyatni e’tiborga olgan holda belgilanadi. Agarda kasallik bo‘yicha barqarorlikka erishilsa, karantin tadbirlari bekor qilinadi, kasallik o‘sish sur’ati jadallashsa, karantin tadbirlari ham kuchaytiriladi.

Ko‘rinib turibdiki, bu barchamizga bog‘liq jarayon, agarda profilaktik tadbirlar, karantin qoidalari, alohidalanish va ijtimoiy masofani saqlash talablariga to‘liq rioya qilsak, yaqin kunlarda karantin tadbirlari bekor qilinishi mumkin», dedi Qurbonov.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Prezident Toshloqdagi qo‘shma korxonani borib ko‘rdi (foto) Davlatimiz rahbari Toshloq tumanidagi «Uz-Segang» qo‘shma korxonasida ish jarayoni bilan tanishdi, deb yozmoqda  "Xabar.uz" nashri. Farg‘ona viloyatidagi 6 ta ixtisoslashgan tumanda 20 ta meva-sabzavotchilik va uzumchilik klasteri tashkil etilgan. Bu yil ularda 288 ming tonna mahsulot yetishtirilib, 120 ming tonnasini eksportga yo‘naltirish rejalashtirilgan. Buning uchun sig‘imi 330 ming tonnadan ortiq bo‘lgan muzlatkichli omborxonalar, 25 ta logistika markazi, 90 ta qayta ishlovchi korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi «Uz-Segang» qo‘shma korxonasi yiliga 16 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va eksport qilish quvvatiga ega. Bu yerda 100 milliard so‘m evaziga zamonaviy logistika markazi tashkil etilgan. Italiya, Turkiya, Janubiy Koreya va Xitoydan ilg‘or texnologiyalar keltirib o‘rnatilgan. Masalan, Italiyaning ICEOL texnologiyasi gilosni rangi va kattaligi bo‘yicha saralab qadoqlaydi. Sifatsizlarini lazer nuri orqali aniqlab, alohida joylaydi. Janubiy Koreyadan keltirilgan SNP liniyasi anorni xuddi shunday saralaydi. Mevaning ichidagi pishmagan yoki chiriy boshlagan joyni ham aniq ko‘rsatadi. Bu xaridorlar ishonchini qozonib, eksportni rivojlantirishda muhim o‘rin tutmoqda. Korxona mahsulotlari “Global G.A.P.” xalqaro sertifikatiga ega. Joriy yilda Xitoy, Janubiy Koreya, Birlashgan Arab Amirliklari, Polsha, Rossiya, Qozog‘iston kabi davlatlarga 20 million dollarlik mahsulotlar eksport qilinadi. Kompaniyada 250 nafar yigit-qiz ish bilan ta’minlangan. Prezidentimiz bu korxonani doimiy xomashyo bilan ta’minlash masalasiga ahamiyat qaratdi. Buning uchun unga hududdagi bog‘larni biriktirish, yangi bog‘lar va laboratoriya tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Foto: Prezident matbuot xizmati Foto: Prezident matbuot xizmati Foto: Prezident matbuot xizmati Foto: Prezident matbuot xizmati Foto: Prezident matbuot xizmati Foto: Prezident matbuot xizmati Foto: Prezident matbuot xizmati Foto: Prezident matbuot xizmati Foto: Prezident matbuot xizmati Foto: Prezident matbuot xizmati Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Fikr qoldiring