"Zapravka"da navbatda turib, yonib ketgan "Damas" bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Bugun, ya’ni 11 yanvar kuni soat 07:50 da, Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani Kumidon MFY da joylashgan “Afsona-4” nomli avtomobillarga metan gaz yoqilg‘i quyish shahobchasida navbatda turgan fuqaro Barkamol A., ga tegishli bo‘lgan “Damas” rusumli avtoulovning avtosalonida elektr simlarining qisqa tutashuvi sababli yong‘in kelib chiqqan. Yong‘in natijasida, avtoulovning avtosalonida bo‘lgan fuqaro Barkamol A., ga tegishli haydovchilik guvoxnomasi va boshqa hujjatlarga shikast etkanligi aniqlangan, deb yozmoqda "Aniq.uz" nahri.

Jarohat olgan va vafot etganlar yo‘q.

Shuningdek, ushbu “Damas” rusumli avtoulovning atrofida navbatda turgan boshqa avtomashinalarga shikast yetmagan.

Реклама на Unews

Hozirda hodisa sodir bo‘lgan joyga To‘raqo‘ron tumani IIO FMB tergov-tezkor guruhi chiqqan bo‘lib, hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish tergov harakati olib borilmoqda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring