"Yuventus" qishdayoq o‘zbekistonlik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi!

Eldor Shomurodovga "Yuventus" jamoasi qiziqish bildirayotgani haqida xabar bergan edik. Avvalroq, "Tuttosport" o‘z sahifasida bu haqda yozgandi. Endi yana bir mashhur portal hamyurtimizga Italiyaning amaldagi chempioni qiziqish bildirayotganini ma’lum qildi, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.

"Xabarlarga ko‘ra, "Yuventus" hujumchi Eldor Shomurodov borasida "Jenoa" bilan bog‘langan. "Calciomercato.com"ning ta’kidlashicha, "byankonerilar" 2020 yil oktabr oyida "Rostov"dan 7,5 mln yevro evaziga kelgan hujumchi transferi bo‘yicha muzokara o‘tkazgan.

A Seriyadagi 12 o‘yindan so‘ng, 25 yoshli forvard 2 ta gol va 1 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi, ammo "grifonlar" vakilining o‘yini Italiya chempionati grandlarini hayratda qoldirdi. Xabarda aytilishicha, 4-hujumchi qidirayotgan "Yuventus" qishdayoq o‘zbekistonlik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
", - deyiladi "Football Italia" xabarida.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring