Yurtimizning deyarli barcha hududlarida koronavirusdan tuzalish holati qayd etildi

2020-yil 30-sentyabr soat 17:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 56 717 (+198) nafarni tashkil etmoqda, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

SSV xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 148 nafari Toshkent shahrida, 25 nafari Jizzax viloyatida, 17 nafari Andijon viloyatida 8 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Реклама на Unews

Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 234, Toshkent viloyatida 47, Namangan viloyatida 27, Jizzax viloyatida ham 27, Andijon viloyatida 20, Samarqand viloyatida 12, Xorazm viloyatida 9, Navoiy viloyatida 8, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo hamda Surxondaryo viloyatlarida 4 nafardan bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 53 366 (+396) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2 881 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring