Yurtimizdagi koronavirusga qarshi vaksinalar miqdori 50 million dozaga yaqinlashdi

Dam olish kuni yurtimizga Xitoydan 1 million doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi olib kelindi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘zbekistonda foydalanilayotgan vaksinalar miqdori 49 million 36 ming 368 dozani tashkil qilib, 50 million dozalik marraga yaqinlashmoqda.

Ulardan 2 million 404 ming 480 dozasi AstraZeneca, 37 million 789 ming 938 dozasi ZF-UZ-VAC2001, 1 million 341 minn 790 dozasi "Sputnik V", 3 million 60 dozasi Moderna, 2 million 316 ming 600 dozasi Pfizer/BioNTech, 1 million 976 ming dozasi Sinovac, 207 ming 500 dozasi Sputnik Light vaksinasidir.

Реклама на Unews

Shundan 36 million 64 ming 4 dozasi emlash jarayonlarida qo‘llanilgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring