Yurtimizda koronavirusga chalinganlar 5 nafarga oshdi

2020 yil 16 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2691 (+5) nafarni tashkil qilmoqda. Yangi kasallanish holatlarining 1 nafari xorijdan kelgan fuqaroda aniqlangan. U xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi bo‘lib, shu yil 14 may kuni Rossiyadan kelgan. Shuningdek, kasallik 4 nafar oldindan karantinda bo‘lgan navoiylik fuqaroda aniqlangan,  deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.
Ayni paytda yurtimizda 2158 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayib, hozirda mamlakatimizda sog‘ayish ko‘rsatkichi 80 foizni tashkil qilmoqda. O‘zbekistonda bugungi kunda 522 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 8 nafarining ahvoli og‘ir. Shifokorlarimiz tomonidan barcha bemorlarga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Tramp “super-puper raketa“ yaratilishini e’lon qildi

Реклама на Unews

Yaponlar shishirma elektroskuterni taqdim etdi (video)

Sirdaryolik jabrdiydalarga davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar miqdori (infografika)

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring