Yurak-qon tomir kasalliklari bo`lgan aholiga enalapril dori vositasi bepul tarqatiladi

“Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Unga ko`ra, tibbiyotning birlamchi bo`g`inida 2022 yildan boshlab quyidagi islohotlar amalga oshiriladi:

🔹Yiliga bir marta 18 yoshdan 40 yoshgacha bo`lgan aholining salomatlik profilini (ovqatlanish xarakteri, tamakiga qaramlik, tana vazni indeksi, arterial bosim, qondagi qand va xolesterin darajasi

Реклама на Unews

va boshqalar) baholanadi.

🔹40 yoshdan oshgan aholi oilaviy poliklinika va tibbiyot brigadalari orqali yiliga kamida bir marta manzilli skrining tekshiruvlaridan o`tkaziladi.

🔹Yurak-qon tomir kasalliklari aniqlangan bemorlarning yagona elektron reestrini yuritish hamda ushbu turdagi kasalliklari mavjud “Ijtimoiy himoya yagona reestri”da bo`lgan 200 ming nafardan ziyod aholiga enalapril (Enalapril) dori vositasi bepul tarqatiladi.

Реклама на Unews

🔹Ehtiyojga ko`ra tuman va shahar shifoxonalari laboratoriyalari koagulometr uskunasi hamda zarur reaktivlar bilan to`liq ta`minlanadi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring