Yulduz Usmonovaning konsertida sodir bo`lgan holat bo`yicha o`rganish o`tkaziladi

Ayni kunlarda O`zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning navbatdagi konsert dasturi bo`lib o`tmoqda. Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda xonandaning konsert jarayonida o`z muxlislari bilan qo`pol munosabatda bo`lgani aks etgan video keng tarqaldi va hamon keskin tanqidlarga sabab bo`lmoqda. 

Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi Yulduz Usmonova konsertidagi hodisa sabab o`rganish o`tkazadi. Bu haqda ayni paytda Milliy matbuot markazida  Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi mas`ullari ishtirokida bo`lib o`tayotgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi, deya xabar qilmoqda "darakchi.uz" muxbiri Karimjon Zaripov.

"Aniqlanishicha, hodisa 12 mart kuni kechki seansda bo`lgan. Sahnadagi pardaning yarmi ko`tarilmay qolgani uchun tomoshabinlardan e`tiroz bo`lgan. Federasiya holat bo`yicha "O`zbekkonsert" bilan birga o`rganish o`tkazadi", dedi Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi rais o`rinbosari Inomjon Tog`aev. 

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring