BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Yulduz Usmonovaning hayoti xavf ostidami?

Xabaringiz bor, kecha, 4 may kuni ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek segmenti Yulduz Usmonovaning Ichki ishlar xodimlarini tanqid qilib, haqoratlagani ortidan “portladi”, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Usmonovaning videosi bo‘yicha Madaniyat va Ichki ishlar vazirliklari o‘z munosabatini bildirdi. IIV holat bo‘yicha surishtiruv boshlanganini ma’lum qildi.

QALAMPIR.UZ Usmonovaning haqoratli videosi bo‘yicha IIV Matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida G‘iyosov Yulduz Usmonovaning haqoratlarini og‘ir qabul qilganlar oz emasligini va endi uning o‘zini yana ichki ishlar xodimlari qo‘riqlashiga to‘g‘ri kelishi mumkinligini aytib o‘tdi.

“Hozir shunaqa bo‘lishi mumkinki, Usmonovani o‘zining gapidan o‘zini himoya qilishimizga to‘g‘ri keladi. Ayrim odamlar bu gaplarga chidolmasa qasd qilmoqchi bo‘lishi ham mumkin. Shunday vaziyatda begona odam unga zarar yetkazib qo‘ymasin deb, yana uni qo‘riqlashga to‘g‘ri keladi”, deydi Shohruh G‘iyosov.

Eslatib o‘tamiz, Usmonova internetni portlatgan videosida Ichki ishlar organlari xodimini nomardlikda ayblagan. U uyi oldida to‘plangan xayriyani manziliga yetkazish uchun YPX xodimidan yordam so‘raganini, u bilan kelishgan xodim esa kelmaganini aytib, ichki ishlar xodimlarini haqoratli so‘zlari bilan “savalagan”.

Farg‘onada o‘rnatilgan ichki karantin postlari faoliyati to‘xtatildi

Rossiyada ko‘plab shifokorlar koronavirusni davolash uchun ishga chiqishdan bosh tortmoqda

Noma’lum virus tufayli Avstraliyada qushlar ommaviy qirilmoqda. Bu qushlar koronavirusimi?

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Sardoba fojiasi: Qozog‘iston O‘zbekistonga rasmiy xat jo‘natdi Qozog‘iston O‘zbekistondan gidrotexnika inshootlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berishni so‘radi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri. Qozog‘iston ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vazirligi O‘zbekiston hukumatiga transchegaraviy suvlarda qurilgan gidrotexnik inshootlar haqida to‘liq ma’lumot berishni so‘rab rasmiy xat yubordi, deb xabar beradi "Total.kz". Xalqaro shartnomalar me’yorlariga muvofiq, tomonlar transchegaraviy daryolarda gidrotexnik inshootlar qurilishi to‘g‘risida qo‘shni mamlakatni xabardor qilishi va muvofiqlashtirishi shart. Sardoba suv ombori esa O‘zbekiston tomonidan tasdiqlatilmasdan qurilgan. “Ko‘rsatilgan suv ombori qurilishi biz bilan kelishilmagan. Biz buni bir necha bor O‘zbekiston tomoniga ko‘rsatganmiz, ammo bu haqda faqat arzimas ma’lumotlarni oldik. Bugun biz nota tayyorladik, u Tashqi ishlar vazirligi orqali yuboriladi, unda siz bizning transchegaraviy suvlarimizda Sirdaryo havzasida qurilgan barcha ob’ektlarning to‘liq ro‘yxatini taqdim etishingizni so‘raymiz", dedi Ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vazirining o‘rinbosari Sergey Gromov. Yulduz Usmonovaning hayoti xavf ostidami? Farg‘onada o‘rnatilgan ichki karantin postlari faoliyati to‘xtatildi Rossiyada ko‘plab shifokorlar koronavirusni davolash uchun ishga chiqishdan bosh tortmoqda Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Fikr qoldiring