Yuk mashinasi katta tezlikda fotoradarga tushganda, uning tezligi qanday aniqlanadi?

Hozirgi kunda transport vositalari soni ortib borayotganligi sababli yo‘l transport hodisalarining sodir bo‘lish xavfi ham oshib bormoqda. Bu holat esa sud avtotexnika ekspertizasini o‘tkazishga talab ortishiga olib kelmoqda.
Sud avtotexnika ekspertizasini o‘tkazish masalalari bo‘yicha joriy yil 22 sentabr kuni Adliya vazirligining "Adliya bilan muloqot" (https://www.facebook.com/groups/adliya/) guruhida “On-line” muloqot o‘tkazildi.

Muloqotda Adliya vazirligining X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi xodimlari ishtirok etib, sud avtotexnika ekspertizasini o‘tkazish tartibi, ushbu ekspertizani o‘tkazishda xal etiladigan masalalar, xalkaro hamkorlik va yangi tur ekspertizalari va sud avtotexnika ekspertizasidagi muammolar bo‘yicha tushuntirish berishdi.
Mazkur ekspertiza o‘tkazish uchun asos surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori va sudning ajrimi, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari hisoblanadi.

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra sud avtotexnika ekspertizasi asosan yo‘l transport hodisasining kelib chiqish sabablari, haydovchilarning amaldagi “Yo‘l xarakati qoidalari” talablariga rioya qilgan yoki qilmaganligi aniqlash uchun o‘tkaziladi. Shuningdek, transport vositasining tormoz izlari va videotasvirga asosan transport vositalarini harakat tezliklarini aniqlash, haydovchilarning tormoz berish yoki aylanib o‘tish yo‘li bilan hodisani oldini olish texnik imkoniyatlarini va transport vositalarini texnik holatlarini aniqlash uchun ham sud avtotexnika ekspertizasi tayinlanishi aytib o‘tildi.

Muloqot davomida sud transport-izshunoslik, transport vositalarini texnik xolatini tekshirish va transport baxolash ekspertizalarida transport vositalari ta’mirlangan bo‘lsa tadqiqotlar o‘tkazib bo‘lmasligi, chunki transport vositalari ta’mirlanib YTH mexanizmi xaqida ma’lumot beruvchi izlar yo‘qolishi, shuningdek, fotosuratlarga asosan ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazib bo‘lmasligi, chunki ular tadqiqotlar uchun to‘lik ma’lumot va o‘lchamlarini bera olmasligi ta’kidlandi.

Muloqotda mutaxassislar tomonidan fuqarolar uchun qiziq bo‘lgan bir qator savollarga ham javob berildi. Jumladan, yangi turdagi sud avtomobil yo‘llar ekspertizasini o‘tkazish tartibi, transport vositalarini tezligi qanday aniqlanishi, transport vositalarini baholash ekspertizasini o‘tkazish, ekspert bergan xulosadan norozi bo‘lganda kimga qanday murojaat qilishlari mumkinligi va yuk mashinasida katta tezlikda fotoradarga tushganda uni aniqlash tartiblari bo‘yicha tushuntirish berishdi.


Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi
 
 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring