YTHda vafot etgan 3 nafar bank xodimi dam olish kuni ishga jalb qilingani aytilmoqda

6 noyabr kuni Navoiyda avtohalokat oqibatida 8 kishi halok bo`lgani, ularning 3 nafari Xalq bankining Nurota filiali xodimlari ekani aytilayotgani haqida xabar berilgandi.

Insayderlarga ko`ra, shanba kuni ertalabdan viloyat filialidagi norasmiy yig`ilishga chaqirilgan. Lekin, o`rtada biror-bir rasmiy xat yoki dam olish kuni ishga chiqish va mehnat majburiyatlari bilan shug`ullanish haqida buyruq yoki qaror bo`lmagan.

"Xalq banki" matbuot kotibi  o`z sahifasida marhumlarning oila a`zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, ammo ijtimoiy tarmoqlarda bo`layotgan muhokamalarga oydinlik kirituvchi hech qanday izoh keltirmagan edi. 

Реклама на Unews

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ma`lum qilishicha, ushbu holat yuzasidan Navoiy viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o`rganish ishlari boshlandi. O`rganish natijalari bo`yicha qo`shimcha ma`lumot taqdim etiladi.

Eslatib o`tamiz, 8 kishining halok bo`lishiga olib kelgan ushbu YTH qarama-qarshi yo`nalishda harakatlanib kelayotgan ikkita Nexia to`qnashuvi oqibatida yuz bergan. Mashinalarning biri yo`l chetiga ag`darilgan, ikkinchisi esa yonib ketgan.

Avtohalokat oqibatida "Xalq banki" Nurota tuman filialining boshqaruvchisi T.P. (29 yosh), bosh hisobchisi M.S. (40 yosh) hamda monitoring bo`limi boshlig`i Yu.R. (32 yosh) voqea joyida vafot etgan. Yonib ketgan mashinada 5 kishi bo`lgan va ular ham voqea joyida halok bo`lgan.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring