YPX xodimiga qarshilik ko‘rsatib, voqea joyidan ketib qolgan haydovchi 8 sutkaga qamaldi

 
IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilning 25 yanvar kuni belgilangan taqsimot asosida Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani, Chorshanbe qo‘rg‘onida xizmat olib borgan YPX xodimlari B.Xo‘jaqulov va X.Yo‘ldoshevlar tomonidan soat 12:10larda, ushbu hududda joylashgan tibbiyot birlashmasi binosi ro‘parasida davlat raqam belgisi bo‘lmagan “Kobalt” rusumli avtomobil to‘xtatilgan, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.
 
YPX xodimi me’yoriy hujjatlarini so‘ragan vaqtida, haydovchi hujjatlari yo‘qligini ma’lum qilgan. YPX xodimi belgilangan tartibda chora ko‘rishi zarurligini aytgan vaqtida haydovchi xodimlarga qarshilik ko‘rsatgan va o‘zaro tortishuv sabab atrofda fuqarolar to‘planishiga sabab bo‘lgan.

Haydovchi qarshilik ko‘rsatishda davom etib, avtomobilda voqea joyidan ketib qolgan.

YPX xodimi belgilangan tartibga ko‘ra, YHXB boshlig‘i nomiga bildirgi orqali murojaat qilgan. Bildirgi asosida surishtiruv ishlari olib borilib, haydovchi aniqlangan va unga nisbatan to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqishlik uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz tuman sudiga yuborilgan.

Sud tomonidan haydovchi O.X. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasi 1-qismi va 195-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deya topilib, unga 8 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring