Yoz bizni qutqara olmaydi: Yoxud yuqori harorat COVID-19’ni o‘ldira olmasligi ma’lum bo‘ldi!

Koronavirus borasida bitta yaxshi, bitta yomon xabarimiz bor. Qaysi biridan boshlaylik? Bunday holatda har doim yomonidan boshlash lozim. Gap shundaki, Canadian Medical Association Journal nashrida yozilishicha, ob-havo hamda iqlim o‘zgarishlari bugun butun dunyoda pandemiyaga sabab bo‘layotgan koronavirusni unchalik xavotirga solmas ekan. Shunday ekan, yozni kutib, kunlar isib ketgach, barchasi barham topadi, deb umid qilayotganlarning umidlari puchga chiqishi mumkin. Endi yaxshi yangilikka keladigan bo‘lsak, hukumatlar tomonidan kasallikni yuqtirish va uning oldini olish borasida belgilangan qat’iy cheklovlar kasallik rivojlanishining oldini oladi va koronavirusning yangidan paydo bo‘lishi ehtimoli sezilarli darajada kamayadi, deb yozmoqda "xabardor.uz" nashri.
 
“Bizning tadqiqotimiz COVID-19 epidemiyasi bo‘yicha global ma’lumotlardan foydalangan holda, sog‘liqni saqlash sohasidagi aralashuvlar epidemiya o‘sish sur’atini sekinlashtirayotganligi haqida yangi dalillarni taqdim etadi”, deydi Toronto Universiteti professori Piter Uni. Tadqiqot uchun Avstraliya, AQSh, Kanada va boshqa bir qator mamlakatlardagi shtat hamda hududlardagi 375 600 ta kasallanish holati o‘rganildi. Xitoy, Italiya, Eron va Janubiy Koreya davlatlari istisno qilindi. Chunki tahlillar olinayotgan mahalda Xitoyda epidemiya tugab bo‘lgandi, qolgan uchta davlatda esa avjiga chiqqandi.

Epidemiya ko‘lamini baholash uchun tadqiqotchilar kenglik, harorat, namlik kabi omillarning ta’sirini bir haftalik holat (20-27-mart) misolida o‘rganib chiqdi. Shuningdek, ko‘rilgan choralar – maktablarni yopish, ommaviy yig‘ilishlarga cheklov o‘rnatish va ijtimoiy masofani saqlash kabi holatlar ham bir haftalik (7-13 mart) ko‘rsatkichlar yordamida tahlil qilindi. 

Natijalar tadqiqot mualliflarini ham hayratda qoldirdi.
“Biz dastlab kenglik va harorat o‘zgarishi kasallik rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadimi, yo‘qmi, shuni bilish uchun tajriba o‘tkazdik, – deydi doktor Yuni. – Biroq biz xuddi shu tajribani qat’iy sharoit o‘rnatilgan holatda qaytadan o‘tkazganimizda buning aksi bo‘lgan xulosani oldik. Demak, koronavirus grippga o‘xshab mavsumga bog‘liq emas. 

Реклама на Unews

Buning yana bir yaxshi tomoni ham mavjud. Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, sog‘liqni saqlash borasida ishlab chiqilgan qat’iy chora-tadbirlar: maktablarning yopilishi, ijtimoiy masofani saqlash va odam ko‘p joylarda yurmaslik juda samarali bo‘lib chiqdi. 

“Yoz faslining kirib kelishi kasallikni Yer yuzidan quvib chiqara olmaydi, – deydi professor Dionn Gesink. – Odamlar buni bilishlari juda muhim. Boshqa tomondan esa shaxsiy hayotga chuqur kirib borib, karantin choralarini qat’iylashtirish epidemiya rivojlanishining oldini olgan. Bu holatni ham nazarda tutish juda muhim. Chunki aynan shu chora hozirda o‘zini oqlayapti”.

Cheklov choralarini olib tashlash to‘g‘risida qaror qabul qilayotganda, hukumatlar va sog‘liqni saqlash idoralari ushbu taqiqlarning aholining moddiy va ruhiy salomatligiga yetkazadigan foydasi va zararini sinchkovlik bilan “tarozida tortib” ko‘rishlari kerak.

Реклама на Unews

 

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring