«Yoshlar-kelajagimiz» jamg‘armasining katta miqdordagi pullari talon-taroj qilingani ma’lum bo‘ldi

«Yoshlar-kelajagimiz» jamg‘armasida talon-tarojlik holatlari aniqlangan. Bu haqda EVERYDAY.UZ muxbiri xabar qildi, deb yozmoqda "everyday.uz" nashri.

Ma’lum bo‘lishicha, jamg‘armaning sobiq bosh hisobchisi A.U. dastlab 2020 yil 7 fevral sanasida o‘z plastik kartasiga 50 mln so‘m, keyinchalik 2 martda 150 mln so‘m o‘tkazgan. 21 iyulda esa oilaviy korxonasining bankdagi hisob raqamiga hech qanday hujjatlarsiz 991 mln. 296 ming 229 so‘m o‘tkazib olgan. Bosh hisobchi umumiy hisobda jamg‘armaning 1 mlrd. 191,3 mln. so‘mini talon taroj qilgan.

Holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring