Yong`inlar soni o`tgan yilga nisbatan ikki barobar oshgan

Joriy yil 15 yanvar kuniga qadar yuz bergan yong`inlar soni o`tgan yilga nisbatan ikki barobar oshgan. Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda  Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqarma boshlig`i o`rinbosari Mavlonbek Doschanov ma`lum qildi.

Yong`in kelib chiqish sabablari tahlil qilinganda, aksariyat hollarda aholi yashash joylaridagi yong`inlar gaz va elektr isitish moslamalaridan foydalanishda texnika, yong`in va elektr xavfsizligi qoidalariga rioya etilmasligi oqibatida kelib chiqayotganligi ma`lum bo`lgan.

 Ob-havo haroratining pasayib borishi natijasida gaz, elektr va boshqa turdagi muqobil yoqilg`i isitish moslamalaridan foydalanishga bo`lgan ehtiyoj ortib boradi. Bunday paytlarda isitish moslamalaridan noto`g`ri foydalanish oqibatida ko`ngilsiz hodisalar sodir bo`lishi hamda yong`inlar bilan bog`liq turli favqulodda vaziyatlarga olib kelishi mumkin. 

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring