Yomg`ir, shamol, momaqaldiroq... "O`zgidromet" bugun kuzatilishi kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi

O`zbekiston gidrometeorologiya xizmati ma`lumotiga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha havo o`zgarib turadi, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Qolgan hududlarda shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi,  joylarda chang to`zon kuzatilishi mumkin. Havo harorati 25-30° atrofida, yomg`ir paytida 20-25° bo`ladi.

Toshkentda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 27-29° bo`ladi.

Tog`li hududlarda ayrim joylarda yomg`ir yog`adi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, joylarda chang to`zon kuzatilishi mumkin. Harorat 17-22° bo`ladi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring