Yodgor Sa’diyev O‘zbek milliy akademik drama teatri direktori etib tayinlandi

O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diyev O‘zbek milliy akademik drama teatri direktori etib tayinlandi. Bu haqda Madaniyat vazirligi Axborot xizmati xabar berdi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.
 
Ayni vaqtda teatrda jamoasi bilan yig‘ilish o‘tkazilmoqda. Unda ishtirok etayotgan Madaniyat vaziri – O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov Yodgor Sa’diyevni O‘zbek Milliy akademik drama teatri direktori lavozimiga tayinlanganini e’lon qildi.

1946 yil Toshkentda, san’atkorlar oilasida tavallud topgan Yodgor Sa’diyev bolaligidan ham san’atga, ham sportga havasmand bo‘lib voyaga yetdi. “Paxtakor” futbol jamoasida darvozabon bo‘lib ko‘zga tushgan Yodgor Sa’diyev sportchilarga xos ba’zi muammolar sabab futboldan ketadi.

Aktyor 1971 yilda hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini tugatib, O‘zbek milliy akademik drama teatrining yosh aktyolari qatoridan joy oladi. Otaxon teatrning ustoz aktyorlari nazariga tushgan Yodgor Sa’diyev epizod rollarda uzoq qolib ketgani yo‘q. “Qaroqchilar”, “Uylanish”, “Boy ila xizmatchi”, “Yulduzli tunlar”, “Alisher Navoiy”, “Kelinlar qo‘zg‘aloni” kabi spektakllarda 60dan ziyod esdaqolarli rollar ijro etdi.

Реклама на Unews

Teatr sahnasida omadi chopgan Yodgor Sa’diyevga kino ham begona bo‘lmadi. “Dilbarim”, “Minorxo‘rlik Jo‘ra ovchi”, “Engilmas”, “O‘n uch terak ko‘chasi”, “Qizil qumlar” nomli filmlar bugun TVlarda efirga uzatilmasada, ularni keksa tomoshabinlar yaxshi eslashadi.

O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diyevning ijodida “Shaynanat” seriali juda katta o‘rin tutadi. Ta’bir joiz bo‘lsa, aktyor necha yillarkim xalq ko‘z o‘ngida Asadbek bo‘lib yashab kelmoqda. Bu ham bo‘lsa, uning o‘z rolini ishonarli va qoyilmaqom qilib ijro etganidan dalolat. 1998 yilda suratga olingan “Shaytanat” seriali haligacha tomoshabinlarning tilidan tushmay kelyapti.

Yodgor Sa’diyevning teatr va kino sohasida ko‘p yillik ijodi hukumat tomonidan e’tiborga olinib, 1989 yilda Respublika Davlat mukofotiiga loyiq topildi. 1998 yilda O‘zbekiston xalq artisti unvoniga sazovor bo‘ldi. 2005 yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlandi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring