"Yirtqich" deya ta’rif berilayotgan o‘zbek qizi Qozog‘istonda jang qiladi

24 fevral kuni Qozog‘istonda “Oktagon” promousheni tomonidan MMA bo‘yicha o‘ziga xos jang kechasi tashkil qilinadi. Mazkur turnirda bir nechta hamyurtlarimiz o‘z janglarini o‘tkazadi, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.

Jumladan, “Yirtqich” nomi bilan tanilib borayotgan o‘zbek qizi O‘g‘iloy Nasimova mezbonlar vakilasi, debyutant Anastasiya Dyujikovaga qarshi jang qiladi.

Nasimova 27 yanvar kuni ham Almati shahrida jang o‘tkazib, qozog‘istonlik Gulmira Sabirjonovani birinchi raundning o‘zidayoq mag‘lub etgandi.
Eslatib o‘tamiz: Ushbu turnir SPORT TV kanalidan jonli ravishda efirga uzatiladi.
 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


1 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 27-02-2021 Байрам

    Мваффакият тилаймиз!

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish