Yil boshidan beri o‘zbekistonliklar qaysi davlatlarga ko‘chib ketdi?

O‘zbekistondan xorijga doimiy yashash uchun yil boshidan beri 1 173 nafar odam ko‘chib ketgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bulardan eng ko‘pi Qozog‘istonga — 686 kishi. Yil boshidan beri 346 nafar o‘zbekistonlik Rossiyaga ko‘chib ketgan. Keyingi o‘rinda Tojikiston qayd etilgan — 19 kishi.

Doimiy ravishda yashash uchun Qirg‘izistonga 11 nafar kishi ketgan bo‘lsa, Turkmaniston bilan bu ko‘rsatkich 8 nafarga teng. Shuningdek, boshqa davlatlarga jami 103 nafar o‘zbekistonlik xorijga ko‘chib o‘tgan.

Avvalroq O‘zbekistonga doimiy ravishda yashash uchun yil boshidan beri 390 nafar odam ko‘chib kelgani haqida xabar berilgan edi.

2022 yil birinchi choragida qayd etilgan bu ko‘rsatkich so‘nggi besh yildagi eng kami bo‘ldi. O‘zbekistonga yanvar—mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 288 nafar kamroq odam ko‘chib kelgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring