Yerto‘lada yashayotgan oilaga senatorlar yordamga kelishdi

Poytaxtimizdagi ko‘p qavatli uylarning yerto‘lasida yashab kelayotgan oila haqida videolavha ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama sabab bo‘ldi,  deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Unga ko‘ra, ko‘chada qolgan ona yordamga muhtoj bo‘lib, Sergeli tumanidagi «Yangi Choshtepa» mahallasidagi uylardan birining yerto‘lasida uch oylik chaqalog‘i va onasi bilan birga yashab kelgan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati xabariga ko‘ra, Oliy Majlis Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Botir Matmuratov hamda Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Nosirbek Abdullaxanov mazkur masalani joyiga chiqib o‘rganishdi.

Реклама на Unews

Ma’lum bo‘lishicha, 1996-yil Toshkentda tug‘ilgan fuqaro A.Inog‘omova poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanida doimiy ro‘yxatda turadi. Biroq uyi yo‘qligi sababli onasi U.Inog‘omova bilan opasi N.Po‘latovaning Sergeli tumanidagi «Yangi Choshtepa» mahallasidagi uyda istiqomat qilgan. Bir xonali uyda yashab turgan paytda yuzaga kelgan o‘zaro kelishmoqchilik sabab opasi ularni uyidan haydaydi. Oqibatda u uch oylik farzandi va onasi bilan yerto‘lada yashashga majbur bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, A.Inog‘omova Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligiga va boshqa bir qator tegishli idoralarga murojaat qilgan. Ammo hech qanday natija chiqmagan.

Реклама на Unews

Oliy Majlis Senati a’zolari ushbu masala yuzasidan MFY raisi, mahalla faollari, profilaktika inspektori va boshqa mutasaddilar bilan suhbatlashdi hamda ularga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

A.Inog‘omovaning muammosi qonuniy ko‘rib chiqilishi uchun ma’lum muddat talab etilishi tabiiy. Shu bois, unga hozirda vaqtinchalik yashab turishi uchun mazkur hududdagi xonadonlardan birida sharoit yaratildi va ijara haqi to‘lab berildi.

Mazkur masala senatorlar tomonidan nazoratga olinib, ijobiy hal etilishi aytilmoqda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring