Yashnobodda Artel’ga tegishli korxonada yong‘in chiqdi

27 noyabr kuni soat taxminan 12:00 larda Toshkent shahri Yashnobod tumanida joylashgan Techno Continental korxonasida ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan siqilgan gazning sizib chiqishi oqibatida yong‘in yuzaga keldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.

Ma’lum qilinishicha, voqea joyida ishlayotgan korxona xodimlaridan bir guruhi termik jarohat olgan. Voqea joyiga yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari yetib borguniga qadar korxona xodimlarning sa’y-harakatlari bilan yong‘in bartaraf etilgan.

Jarohat olgan xodimlar zudlik bilan Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markaziga joylashtirilgan. Ular shifokorlar nazoratiga olinib, tez va malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Ayni paytda hodisa ro‘y bergan joyda vaziyatni o‘rganish va bartaraf etish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari Abdulla Qo‘ldoshev boshchiligida tuzilgan respublika ishchi guruhi faoliyat olib bormoqda.

Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat reyestri ma’lumotlariga ko‘ra, Techno Continental 2018 yilning yanvarida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, korxona elektromaishiy qurilmalarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Korxona muassisi Artel Electronics (62,5 foiz) va Ilk Sabah Insaat Anonim Sirketi (37,5 foiz).

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring