Yaponlar 18 metrli robotni harakatga keltirishdi (video)

Bahaybat robot Yaponiyaning Iokogama shahrida vujudga keldi. Uning bo‘yi 18 metrga yetadi. Robot bosh va qo‘l-oyoqlarini qimirlata oladi,  deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Robot qurilishi 2020-yil boshida boshlangandi. Uni ulkan robotlarga bag‘ishlangan «Gundam Factory Yokohama» ko‘ngilochar muzey-bog‘i uchun yaratishdi. Park iyul oyida ochilishi rejalashtirilgandi. Biroq koronavirus pandemiyasi tufayli oktyabrning boshiga ko‘chirilgandi. Keyin esa noma’lum muddatga qoldirildi. U yil davomida ochilishi kutilmoqda. «Gundam» parkning asosiy diqqatga sazovor joyiga aylanadi. Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, bu — bitta robot emas, balki odamlar tomonidan boshqariladigan robotlar jamlanmasi.

Ishlab chiqaruvchilar o‘z ixtirolarini allaqachon sinovdan o‘tkazishdi. Ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan kadrlarda robotning harakatlanishini ko‘rish mumkin. U boshini buradi, qo‘llarini silkitadi va oyoqlari bilan qadam tashlaydi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring