Yaponiyada ko‘chki xavfi tufayli 70 000 dan ziyod odam evakuatsiya qilindi

Yaponiyaning Kyusyu orolida joylashgan Kagosima shahrida ko‘chki xavfi yuzaga kelgani bois 70 000 dan ziyod odamni evakuatsiya qilish boshlandi. Bu haqda shahar hokimiyati saytida xabar berildi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Bu tahdid kuchli yomg‘ir tufayli yuzaga kelmoqda. Keksalar va nogironlarni allaqachon shahardan evakuatsiya qilish boshlangan.

Yaponiyaning g‘arbiy va janubi-g‘arbiy qismida kuchli yog‘ingarchilik kuzatilmoqda. Bu daryolarning toshishi va ko‘chkilarga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, Kagosima shahri joylashgan Kyusyu orolining janubiy qismida kuniga 200 millimetrgacha yog‘ingarchilik kutilmoqda.

Реклама на Unews

Bundan tashqari, hokimiyat odamlarni xavfsiz evakuatsiya qilish maqsadida harbiylar xizmatidan ham foydalanishi mumkinligi haqida xabar bergan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring