Yaponiyada ishlash istagida bo`lgan fuqarolar diqqatiga muhim ma`lumot e`lon qilindi
2116 09-11-2021 0 O'zimizdaTikuvchilik sohasida (sochiq tikish) etarli tajriba va ko`nikmalarga ega bo`lgan ayollar Yaponiya davlatidagi mavjud bo`sh ish o`rinlariga ishga taklif etiladi.
Nomzodlarga qo`yiladigan talablar:
- 18-35 yoshda bo`lishi;
- 6 oylik ish tajribasiga ega bo`lishi;
- zararli odatlarga ega bo`lmasligi;
- yapon tilini bazaviy darajada bilishi;
- ish vaqti: 5 kun 8 soatdan.
- ish haqi: 1 oylik tayyorgarlik kursi davrida 60 ming yapon yeni (525 AQSh dollari), 2-oydan 122,091 yaponiya yeni (1068 AQSh dollari), barcha soliqlar va uy-joy to`lovlarini hisobga olgan holda.
Yo`l xarajatlari (ikki tomonlama aviachipta) ish beruvchi tomonidan qoplanadi.
Реклама на Unews
Ro`yxatdan o`tish va birlamchi talablar bilan tanishish
Nomzodlar Tashqi mehnat migrasiyasi agentligiga +998 71 202-33-55 (ichki raqam: 66 va 17) raqami orqali murojaat qilishlari mumkin.
Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.