Yaponiya janubi-g‘arbidagi suv toshqini oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi (foto, video)

Yaponiya janubi-g‘arbida sodir bo‘lgan suv toshqini oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda NHK telekanali xabar bergan. Bu haqida "Zamin.uz" nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, 17 kishi klinik o‘lim holatiga tushgan. Yana 13 nafar fuqaro bedarak yo‘qolgan. Tabiiy ofatdan eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlardan biri — bu Kumamoto prefekturasi, u yerda bir nechta daryolar toshgan va hududni suv bosgan.

Shuningdek, qariyalar uyi ham suv ostida qolgan. Hodisa joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar suv ostidan 14 nafar kishining jasadini olib chiqqan. Muassasada yashaydigan va ishlaydigan yana 50 nafar odam qutqarib olingan.


Kyodo agentligining qayd etishicha, Kumamoto va Kagosimi prefekturalaridan 203,2 ming aholi evakuatsiya qilingan. 5 iyul holatiga ko‘ra, taxminan, 5880 ta xonadon elektr ta’minotisiz qolgan. Qutqaruvchilar va harbiylar vertolyotlar yordamida odamlarni uylaridan evakuatsiya qilmoqda. Ayrim hududlarda suv binolarning ikkinchi qavatigacha ko‘tarilgani aytilmoqda.

Avvalroq Kuma-Gava daryosidagi toshqindan keyin Kumamoto prefekturasi ma’muriyati mamlakat hukumatiga yordam so‘rab murojaat qilgandi.


Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe toshqindan zarar ko‘rgan hududlarga ko‘mak berish maqsadida 10 ming nafar harbiyni ushbu prefekturalarga safarbar etgan.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring