Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe iste`foga chiqishga qaror qildi

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe iste`foga chiqishga qaror qildi, deya xabar bermoqda ria.ru. Biroq, voris saylangunga qadar u hukumat rahbari vazifasini bajaradi,  deb yozmoqda "Darakchi.uz" nashri.

Avvalroq, ommaviy axborot vositalari siyosatchining salomatligi yomonlashgani haqida yozgan edi.

Sindzo Abe yarali kolit-yo`g`on ichak shilliq qavatining surunkali yallig`lanishi xastaligi bilan kasallingan. Ushbu kasallik 2007 yilda uning iste`fosiga sabab bo`ldi. Biroq, keyinchalik vaziyat barqarorlashdi va 2012da yana bosh vazir etib saylandi. Avgust oyining yigirma to`rtinchi kunida bu lavozimda qolish muddati 2799 kundan oshib ketdi, bu esa Yaponiya hukumati rahbarlari orasida eng uzoq vaqt bo`ldi. Yaqinda surunkali kasallikning kuchayishi haqida ma`lum bo`ldi, so`nggi kunlarda bosh vazir ikki marta klinikaga tashrif buyurdi, deb yoziladi xabarda. 

Реклама на Unews

Abe-irsiy siyosatchi. Uning otasi Sintaro Abe (1924-1991) 1982-1986 yillarda tashqi ishlar vaziri bo`lgan, bobosi Nobusuke Kisi (1896-1987) 1957-1960 yillarda Yaponiya bosh vaziri bo`lgan, Eysaku Sato tog`asi (1901-1975) 1964 yildan 1972 yilgacha shu lavozimni egallagan.

Sharhlovchilarning ta`kidlashicha, Abe Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilashga intildi, u o`z vakolatlari muddati tugagunga qadar tinchlik shartnomasini tuzish niyatini bir necha bor ifoda etdi. Iqtisodiyotda u «abenomiki» deb nomlangan siyosatni amalga oshirish, shuningdek, iste`mol solig`ini 10% ga oshirish bilan esda qoladi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring