Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida: Yaponiya Saxalindagi energiya loyihalarida ishtirokini davom ettiradi

Yaponiya energitik xavfsizlik uchun Saxalindagi energiya loyihalarida ishtirokini davom ettiradi. Bu haqida bosh vazir Fumio Kisida xabar qilgan,- deydi RIA NOVISTI axborot agentligi.

Kisida takidlab òtdiki, òtgan yilning ikkinchi yarmidan Yaponiya Rossiyadan Neft importini 90% ga, kumir importini esa 60% ga qisqartirdi. Lekin taxminlarga qaraganda endi siqilgan tabiiy gazga bòlgan talab ortishi mumkin.

"Saxalindagi loyihalar biz uchun mamalakat energitik xavfsizligini taminlash uchun muhim, shuning uchun biz Saxalindagi loyihalarda ulushimizni saqlab qolamiz" - degan bosh vazir.

Реклама на Unews

Shu bilan birga Kisida Yaponiya energiya masalalari bòyicha G7 mamlakatlari va dunyo hamjamiyati bilan chambarchas aloqada ekanini qayd e'tib òtgan. Fevralda G7 tomonidan tasdiqlangan Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qòllab quvvatlash esa avval qabul qilingan sanksiyalarga amal qilishdir. 

Sharhlovchi Etien Balmer The Japan Times gazetasida qayd etishicha, Tokio Rossiya tabiiy gazidan ayrilib qolishdan xavotirda. Amerikaning ExxonMobil va Buyuk Britaniyaning Shell neft kompaniyalari allaqachon "Saxalin -1" va " Saxalin-2" loyihalaridagi ishtirokini tòxtatgan, lekin Yaponiya òz òrnida qolmoqda deya takidlab òtgan u. 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring