Yaponiya mamlakatga kirishni to‘liq taqiqladi

Yaponiya hukumati koronavirus pandemiyasi sababli 11 ta davlat fuqarolarining mamlakatga kirishini taqiqladi. Bu haqda Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe ma’lum qilgandeb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Ushbu taqiqlov 27 maydan boshlab amal qiladi. Yaponiyaga Qirg‘iziston, Tojikiston, Hindiston, Afg‘oniston, Pokiston, Bangladesh, Argentina, Salvador, Gana, JAR va Gvineya fuqarolarining kirishi taqiqlanadi. Bu davlatlar Yaponiya tashqi ishlar vazirligida e’lon qilingan “taqiqlangan davlatlar va hududlar” (hammasi bo‘lib 188 ta) ro‘yxatiga qo‘shilgan.

Shunday qilib kirish taqiqiga uchragan davlatlar va mintaqalar orasida  Xitoy, Koreya Respublikasi, AQSh va barcha Yevropa mamlakatlari. 

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring