Yangiyo`ldagi uyda sodir bo`lgan portlash bo`yicha jinoyat ishi ochildi

Avval xabar qilganimizdek, bugun, 30 noyabr kuni Yangiyo`l tumanidagi uyda gaz portlashi oqibatida ikki kishi halok bo`ldi.

Bosh prokuratura Matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan Yangiyo`l tumani prokuraturasi tomonidan JKning 258-moddasi (Tog`-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Реклама на Unews

Bosh prokuratura bunday ko`ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida gaz uskunalaridan va isitish moslamalaridan foydalanishda xavfsizlik talablariga qat`iy rioya qilishingizni so`raydi. 

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring