Yangi qaror loyihasi: YTHlar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarisiz rasmiylashtiriladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug`urta qilish qoidalariga o`zgartirishlar va qo`shimchalar kiritish haqida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Loyiha O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 martdagi Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 – 2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma`rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 56-bandi ijrosini ta`minlash maqsadida, Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan.

Loyihaga ko`ra, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majbur sug`urta qilish qoidalarning 2-bandida Yo`l-transport hodisasi haqidagi bildirishnoma tushunchasiga ta`rif berilmoqda.

Реклама на Unews

Qoidalarning 11, 34, 341 37 va 38-bandlari yo`l-transport hodisasini huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimi ishtirokisiz rasmiylashtirishga oid qoidalar bilan to`ldirilmoqda.

Shuningdek, yo`l-transport hodisasi haqidagi bildirishnoma blankasi namunasi qoidalarga 7-ilova bo`lib kiritilmoqda.

Yo`l-transport hodisasi haqidagi bildirishnomani (Evroprotokol) amaliyotga joriy etilishi munosabati bilan birinchi navbatda yo`l harakati xavfsizligi xodimlari va haydovchilar o`rtasidagi bevosita muloqotni amalga oshirishda “inson omili”ga va ortiqcha qog`ozbozchilikka chek qo`yiladi va fuqarolarning ortiqcha sarsongarchiliklar oldi olinadi.

Реклама на Unews

Har bir sodir etilgan yo`l-transport hodisasini rasmiylashtirish uchun yo`l-patrul xizmati inspektorlarining vaqti ham tejaladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring