Yangi koronavirus aniqlangan davlatlar bilan aviaqatnovlarga qo‘yilgan taqiq muddati uzaytirildi

Yangi koronavirus aniqlangan Buyuk Britaniya, Italiya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va JAR bilan aviaqatnovlarga qo‘yilgan taqiq muddati 1 fevralgacha uzaytirildi.

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan yangi koronavirus infeksiyasi aniqlanish holatlari soni tubdan oshib ketgan Buyuk Britaniya, Italiya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi bilan aviaaloqalarga kiritilgan cheklov muddati uzaytirildi.

Qayd etilishicha, bugungi kunga qadar yuqorida qayd etilgan mamlakatlarda epidemiologik vaziyat murakkabligi saqlanib qolmoqda. Shu sabali 2021 yil 10 yanvariga qadar kiritilgan cheklov muddati Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan joriy yilning 1 fevraliga qadar uzaytirildi.

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya, Italiya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlarida so‘nggi 14 kun davomida bo‘lgan shaxslar yuqoridagi cheklov amal qilgan davr mobaynida O‘zbekiston Respublikasiga kiritilmasligi belgilangan.

Реклама на Unews

Shuningdek, so‘nggi 14 kun davomida Buyuk Britaniya, Italiya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlarida bo‘lgan holda uchinchi davlatlar orqali O‘zbekistonga kirib kelayotgan O‘zbekiston fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar 14 kun davomida vaqtinchalik karantinda saqlash majmuasida yoki tegishli mehmonxonada karantinga olinishi tartibi davom etiriladi.

Mazkur joriy etilayotgan cheklovlar ushbu davlatlardagi epidemiologik vaziyat barqarorlashgani sari bosqichma-bosqich bekor qilib boriladi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring