Yangi kasallanishlar soni kamaygan mamlakatda maktablar qayta ochildi

Janubiy Koreya poytaxti Seul va unga yaqin bo‘lgan hududlarda 21 sentyabrdan boshlab o‘quvchilar yana maktabga qaytishdi. Bu mamlakatda o‘tgan oyda virus tarqalishi ko‘paya boshlagach ko‘plab ta’lim muassasalari yopilgandi. Hozirgi kunga kelib esa koronavirus bilan kasallanish holatlari ancha kamaygandeb yozmoqda "Aniq.uz" nashri

Yangi qoidalarga ko‘ra, o‘quvchilar ham onlayn, ham maktabga borib, ya’ni, aralash usulda ta’lim olishadi. Ular maktabdagi darslarga haftada bir yoki ikki marta qatnashishadi. Bundan maqsad maktabdagi odamlarning sonini kamayitirib , ular orasida virus tarqalishing oldini olishdir.

Janubiy Koreya koronavirus o‘z hududida ilk bor avj olganda uni jilovlashga erishgandi. Lekin, avgust oyida cherkovda va siyosiy mitinglarda odamlarning ko‘pchilik bo‘lib to‘planishlari yangi kasallanish holatlarining keskin oshishiga olib keldi. Natijada, hukumat ijtimoiy masofalanish qoidasini joriy qilishga majbur bo‘ldi. Mamlakatdagi ko‘plab maktablar 26 avgust kuni yopildi.

Реклама на Unews

Janubiy Koreya hukumati 20 sentyabr kuni ijtimoiy masofalanish bo‘yicha o‘rnatilgan qoidalarni yana bir haftaga uzaytirib, ularning 27 sentyabrgacha davom etishini ma’lum qildi. Ushbu qoidaga ko‘ra, odamlarning uy ichida 50 kishidan, ko‘chada 100 kishidan ko‘p bo‘lib to‘planishlari taqiqlanadi. Shuningdek,  Chusek deb nomlangan uch kunlik bayram oldidan, 28 sentyabrdan, cheklovlarni kuchaytirmoqchi. Chunki, bu bayramda odamlarning to‘planishlari ko‘payadi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring