Yangi avtomobilni texnik ko‘rikdan o‘tkazish talabi bekor qilinishi mumkin

2021-yilgi davlat dasturi loyihasidan yangi avtomobilni texnik ko‘rikdan o‘tkazish talabini bekor qilish taklifi o‘rin olgan. Jamoatchilik bildirgan takliflarda YHXXning asosiy faoliyatini “fuqarolarga ko‘mak berish"ga yo‘naltirish maqsad qilingan. Muhokama 10 kun davom etadi.

2021-yil — Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

Farmon loyihasi bilan jamoatchilikning YHXXning asosiy faoliyatini “fuqarolarga ko‘mak berish"ga yo‘naltirish hamda korrupsiyaga imkon beradigan omillarni bartaraf etish choralarini ko‘rishga doir takliflari ma’qullanmoqda.

Shunga muvofiq, yangi avtomobilni texnik ko‘rikdan o‘tkazish talabi bekor qilinishi hamda transport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazish eksterritoriallik prinsipi asosida yo‘lga qo‘yilishi mumkin.

Реклама на Unews

Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida bittadan ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘limlarida “propiska"dan qat’i nazar transport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga davlat raqamini berish ko‘zda tutilmoqda.

Yana bir taklif — barcha ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘limlarida hamda 20 ta DXMlarda milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish eksterritoriallik prinsipi asosida amalga oshiriladi. Haydovchilik guvohnomasi uchun imtihon jarayonini onlayn kuzatish imkonini yaratish ham reja qilingan.

276 ta banddan iborat loyiha muhokamasi “Taraqqiyot strategiyasi markazi” hamda “Yuksalish” UMHning maxsus saytlariga joylashtirilgan.

Muhokamalar 27-yanvar kuni yakunlanadi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring